Узбекское секс порно
Узбекское порно
Порно Плюс
Узбекское порно видео на UZPORNO.RU
Фото голых женщин

Raqqosa 4 Bob 1 qism

.To'polon, karnay-surnayning g'at-g'uti bilan to'y mavsumi ham o'tdi. Ular Murod mo'ljallaganidan ham mo'mayroq daromad qilishdi. Ana endi vayronaga aylangan uyini ta'mirlatsa bo'lardi. Topgan puli unaqangi ta'mirlarning o'ntasiga yetardi. Manzura o'ylay-o'ylay, ota-onasining qabri tepasiga marmartosh qo'yishni, keyin o'zi uchun yangi mashina sotib olishni mo'ljallab qo'ydi. Shunday qilsa, qishloqdagi o'zini ko'ra olmaydigan, barmoq orasidan ko'rsatib tinmaslarning uni o'chishi, pastroq tushishi muqarrarligiga ishondi. Manzurani quvontirayotgan narsa aslida bu ham emasdi. U Botirni o'zidan sovita bilganidan mamnun edi. Biladi, shubha qilmaydi, Botir qishloqqa borgan-u, alamiga chiday olmay uyidagilarni qaysidir qizning xonadoniga sovchi qilib yuborgan. Hoynahoy, Manzuraning guruhi xizmatda bo'lsa kerak to'yida. Borardi, hech bo'lmaganda, tomoshabin bo'lib o'tirardi, Botirning baxtdan qanchalar shodlanayotganini o'z ko'zlari bilan ko'rardi, tinchlanardi, xotirjam tortardi, yana bir armoni ushalardi… * * * Surxon va vodiy orasi uzoqligi Manzuraga yoqinqiramadi. Mashina ketmoqda, to'xtamayapti, ammo xuddi yo'lning poyoni yo'qdek. Qanchadan-qancha shaharlarni, dala-yu bog'larni ortda qoldirishdi. Baribir vodiy ko'rinay demasdi. Old o'rindiqda o'tirgan Murod ham pinakka ketdi chog'i, o'tirgan yerida xurrak ota boshladi. Husan unga qarab-qarab qo'yar, biroq uyg'otmasdi. Kulib qo'yish bilangina cheklanardi… Yarim tunga yaqin nihoyat dovon oshib vodiy hududiga o'tib olishdi. Manzura hech qachon qishlog'idan olisga bormagani uchunmi, birdan yengil tortib, kayfiyati ko'tarilganini his etdi. Hatto, azbaroyi sevinganidan to'lqinlanib ketdi. Murod ham uyg'ondi. Xurrak shovqini salonni tutgan ekan. U uyg'onishi bilan sukunat hukm sura boshladi. — Endi kamida ikki hafta dam olamiz, — dedi oradagi sukutni buzib Murod. — Balki undanam ko'proq bo'lar. Sen, Manzura, birinchi navbatda uyingni ta'mirlatvolgin! Men o'zim ishonchli ustalarni topib beraman. Ta'mirlatvolsang, boshqa ishlar keyin bo'laveradi. Hoynahoy, melisa, prokuraturayam kutib yotgandir seni. Lekin tashvish chekma. O'zim to'g'rilayman hammasini. O'sha ammajoning jazosini oladi. Ikkinchi bunday qabihlik qilmaydigan bo'ladi. — O'zim ham shuni reja qilib kelayotgandim, — dedi Manzura yanada chehrasi ochilib. — Uyni tuzatmasam bo'lmaydi. — Xudo xohlasa, bir narsani mo'ljallab qo'ydim, — dedi Murod bosh chayqab. — Bahorning oxirlarida seni konservatoriyaga gaplashamiz. Ungacha o'zingam pul yig'asan. Qo'rqma, basharti yetkaza olmasang, mana, biz yordam beramiz. Nima deysan, Husan? — Albatta, — dedi Husan yo'ldan ko'z uzmay. — O'lar joydamasmiz-ku! Yordam beramiz ko'plashib. Shu payt taxminan besh yuz-olti yuz metr uzoqlikda kimningdir yo'l o'rtasiga turib olganiga ko'zlari tushdi. Husan mashinani katta tezlikda boshqarib kelayotgandi. Jonholatda tormozni bosdi va mashina o'rtadagi odamning oyoqlari ostiga yetganda taqqa to'xtadi. U kimsa yuziga niqob ham tutib olibdi. Qimir etmay turaverdi. Manzuraqo'rquv aralash o'sha tomonga qaradi. — Jinnimi bu odam? — so'kinib pastga tushish uchun mashina eshigini ochdi Husan. — Kim o'zi? Jonidan to'yganmi? Vey, qoch yo'ldan! Ajinamasmisan ishqilib? Murod ehtiyot shart kalima qaytardi. Lekin kimsa qimir etmadi. Qo'lidagi uzun temirni mahkam tutgancha turaverdi. Shunda… Manzura bezovtalanib qoldi. Murodning hay-haylashiga ham e'tibor qilmay, pastga tushdi. Ikkinchi mashina ham orqaroqda to'xtagan, ammo hech kim pastga tushmasdi. Manzura kimsaga yaqin borish ilinjida oldinga yurdi… Ha, u tanib bo'lgandi. Yo'l o'rtasida turgan niqobli kimsa Botir edi. * * * — Nega teatr ko'rsatyapsiz? — so'radi Manzura Botirning yengidan tortqilab. — Chetga chiqing! Mashina bosib ketsa nima bo'lardi hozir? Jondan to'yganmisiz? — Bossin deb shu yerga chiqdim, — dedi Botir. — Menga sensiz hayotning hecham keragi yo'q, Manzura. O'ylaysanki, Surxondagi to'yda bemaza qiliqlar ko'rsatib meni sovitding-da-a? Aslo, meni unaqangi narsalar sendan sovita olmaydi. Chunki seni jonimdan ortiq sevaman. Nega haliyam fahmlay qolmayapsan? Ayt, nima qilsam, muhabbatimni tan olasan? Daryoga cho'kaymi? Yo o'zimni osaymi? Ayt, nima qilay? Manzura pastga tushmasligi zarur edi. Shunda bu izhorlar qaytadan quloqlari ostida jaranglamasdi. Ammo tushmasa bo'lmasdi ham. Boshqa mashina uchib kelib urib ketsa, battar qiynalardi. — Bas qiling maynavozchilikni? — deya atayin qo'pol muomala qilishga o'tdi Manzura. — Sizga hamma gapni aytib bo'lganman. Agar devorga tavallo qilsam, allaqachon tushunardi. Siz tushunmayapsiz. Hozir anavi mashinadagi sheriklarim pastga tushsa, ta'bingizni tirriq qilib qo'yishi mumkin. Bizni yo'ldan qoldirmay, qoching! — Yo'q, — dedi Botir. — Toki muhabbatimga tan bermas ekansan, qochmayman yo'ldan! Hozir ko'rasan, boshqa mashina o'tsin, o'zimni ballonlar ostiga tashlayman. Chunki men shunaqa bir so'zli yigitman. Sen bo'lsang, hayotda bu ishni qila olmaysan. Chunki iroda kuching yo'l bermaydi. Sevgi neligini tushunmaysan. Bag'ritoshsan. Shuning uchun ham sevgingni oshkor eta olmaysan. Sen… Qo'rqoqsan, Manzura!.. Bu gaplari o'tib tushdi. Manzuraning qalbi qaytadan g'alayon qila boshladi. Qaysarligi tutdi. Botirning qarshisida o'zini ojiz va notavon kabi his eta boshladi. Bu hislar unga juda alam qilib ketdi. — Hali shunaqami? — qichqirdi u mashinalarga ko'z tashlab olib. — Mening irodam kuchsizmi? Men muhabbatni tushunmaymanmi? — Ha, ojizsan! — baqirdi Botir jazavaga tushib. — Sevishga qo'rqasan! Bu orada ikkala mashinadagilar ham tushib ular tomon yaqinlasha boshlashdi. Murod kela solib Manzurani yo'l chetiga tortqiladi. — Jinnimisan? — qichqirdi u Manzuraning ikki yelkasidan siqimlab. — Nima qilmoqchisan? Shu yigitmi seni yo'ldan ozdirayotgan? Shumi? Hozir yigitlarga aytaman, surobini to'g'rilab qo'yishadi! — Kerakmas! — Murodga javoban baqirdi Manzura. — Qo'lingizni torting mendan! Aralashmang mening ishimga!.. Shunday dedi-yu, yo'l o'rtasiga qarab chopdi. * * * Botir hanuz qimir etmasdi.Mashinadan tushib kelgan mashshoqlar uni chetga tortar, ammo hech kimga bo'yin egmasdi. — Demak, men ojiz-u notavon, muhabbatni tushunmayman, shundaymi? — unga yaqin kelib savolini takrorladi Manzura. — Gapiring! — Ha, qo'rqoq va notavonsan! — xirillab qichqirdi Botir. — Sendaqalar muhabbatning «M» harfigayam arzimaydi! Bir mahal Qo'qon tomondan bir necha mashina yo'l bo'ylab uchib kelayotganiga ko'zi tushdi. — Oxirgi marta so'rayman, — deya hayqirdi Manzura. — Gapingizdan qaytmaysizmi? — Qaytmayman! Sen sevish-sevilishga arzimaysan!.. Hammasi bir necha o'n soniya ichida yuz berdi. Manzura sheriklari to'xtatib qolmasligi uchun ancha nariga chopib bordi-yu, katta tezlikda kelayotgan mashina ostiga o'zini otdi… * * * Shu zahoti tevarak birdan yorishdi-yu, yana zulmatga yuz tutdi. Manzura o'zini to'rt tomonida gurillab o't yonayotgan manzilda ko'rdi. Ammo olov alangasi ungacha yetib kela olmasdi. Ancha narida quturgandan quturardi. Hali o'ylarining oxiriga yetib ulgurmay, qarshisida otasi va onasi hozir bo'lishdi. Ularning qovoqlari uyilgan, otasi nuqul xo'rsinar, onasi uv tortib yig'lardi. — Sizlar qaerdan kep qoldingiz? — so'radi Manzura ularga hissiz boqib. — Pishirib qo'yganmidi mening oldimda? Ketinglar! Sizlarni ko'rishga ko'zim yo'q! Yo'qoling! — Sen shunchalik ham o'zboshimchamisan? — onasi unga yaqinroq kelib alamli shivirladi. — Otang ham eshitdi hammasini! Ko'zlari bilan ko'rdi. Yuragi dardga to'lib-toshdi. Sen esa parvoyi falaksan. Bir marta bo'lsin bizni yodga olay demaysan. Mana, notavon bo'p qolding. Endi ko'ngling joyiga tushdimi? Na duo qilding bizni, na nasihatlarimizni tinglading. Mana, endi xor-u zor bo'lay deb turibsan. Yo'q, shundayam biz seni tashlab qo'ymayapmiz. Xudodan senga shafqat so'rayapmiz. Duolarimiz ijobat bo'ladimi-yo'qmi, o'ziga ayon… Bu gaplardan so'ng Manzuraning ko'ngli buzildi. Tanasi bo'shashib, yelkalari o'ziga itoat etmagan ko'yi silkinib-silkinib ketdi. Ikki ko'zi jiqqa yoshga to'ldi. Ko'z yoshlarini yengiga artgandi, yosh o'rniga xuddi simobni eslatib yuboradigan oqimtir suyuqlik zohir bo'ldi. Suyuqlik juda yopishqoq edi. Yengidan tortib yuzlarigacha yopishib azob bera boshladi. — Meni qutqaringlar, ona, — qichqirdi Manzura suyuqlikdan yeta boshlagan og'riqlarga dosh bera olmay. — Meni olib ketinglar uzoqlarga! Qiynalib ketdim! Judayam qiynalib ketdim! — Yo'q, — endi otasi oraga tushdi. — Seni olib ketmaymiz! Xudoga shirk keltirgansan! Hech qachon kechirib bo'lmaydigan gunohlarga yo'l qo'ygansan! Sen tufayli biz ham azobda qoldik! Boqiy dunyoning jannatidan quvilib, mana shu zulmat hukmiga bo'ysunishga majbur etildik. Lekin biz senga zulmatni ham ravo ko'rmaymiz. Sen bizni ranjitding. Sharmanda qilding. Shu dunyoga kelib sal jonimiz tinchirmikan, orom olarmikanmiz devdik. Shuniyam ko'p ko'rding bizlarga. Endi yo'qol! Orqa-ketingga qaramay ket! Toki biz seni ko'rib qaytadan o'tda kuymaylik! Daf bo'l!.. * * * Otasining so'nggi so'zi yangradi-yu, zulmat ham, olov ham qaergadirg'oyib bo'ldi. Manzura ko'zini ochdi. Oldiniga hech narsaga tushunmay, ko'z qiri bilan u yon, bu yonga qaradi. Shundagina kasalxona palatasida ekaniga amin bo'ldi. O'rnidan turmoqchi bo'lib qimirlashga tutindi. Uddalay olmadi. Tanasida shu qadar kuchli og'riq tuydiki, beixtiyor baqirib yubordi. Shu ondayoq tepasida oq xalatli ayol va erkak hozir bo'lishdi. — Singlim, tinchlaning, — oq xalatli erkak Manzuraning yoniga omonatgina cho'kib peshonasiga kaftini bosdi. — Isitmangiz tushibdi. Bu yaxshilikka. Asosiysi, hushingizga kepsiz, shuning o'ziyam katta yutuq. — Men… Qimirlay olmayapman, — shivirladi Manzura. — Hammayog'im og'rib ketyapti. Nima bo'ldi menga? — Siz hozir uxlashingiz kerak, — dedi vrach uning savoliga javob berish o'rniga. — Yaxshilab dam olsangiz, hammasini tushuntirishadi. Ko'zingizni yuming endi! Hozir hamshira sizga og'riq qoldiradigan ukol qip qo'yadi. — Meni hech kim so'rab kelmadimi? — dedi Manzura. — Kimlar opkeldi o'zi bu yerga? — Ha, sizni Murodjon degan san'atkor yigit sheriklari bilan birga opkeldi. Yonida Botirjon degan yigit ham boridi. O'sha yigit ko'tarib kirdi sizni ichkariga. — Men… Hushimda emasmidim? — Ha, siz yengil komaga tushib qolgandingiz. Lekin qo'rqishga, xavotirga o'rin yo'q. Hammasi ortda qoldi. Bas, charchadingiz. Uxlang! Dam oling! — Yo'q, men Botirni ko'rishim kerak, — dedi qaysarlanib Manzura. — Uni ko'rmasam bo'lmaydi. Vrach uf tortib oldi-da, yonidagi hamshiraning qulog'iga nimalardir deb shivirladi. Hamshira darhol tashqariga yo'l oldi. Ketidan vrachning o'zi ham chiqib ketdi. Oradan hech qancha o'tmay, palataga hamshira hamrohligida Botir kirib keldi. Uning ko'zlari qizarib ketgan, ikki qabog'i shishgan edi. Lablari bilinar-bilinmas titrardi. Manzura uni ko'riboq yana o'rnidan turishga chog'landi. Afsuski, tura olmadi. Sal o'tib ukol ta'sir qila boshladimi, ko'zlari yumila borib, oxiri uxlab qoldi. Sezmagan ekan, Manzura qimirlagan payt oyoqlari yo'qqa o'xshayotganini payqab qoldi. Joni og'rib ketayotganiga qaramay, tishni tishga bosgan ko'yi ustidagi ko'rpani ko'tardi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, ikkala oyog'ining ham tizzasidan past qismi kesib olinibdi. Narkoz ta'siri hali to'liq ketmagandi. Og'riqlarga qo'shimcha ko'ngil aynishi ham azob bera boshladi. Biroq Manzurani bu emas, oyoqlarining yo'qligini ko'rish dahshatga solgandi. — Yo'-o'q, — baqirib yubordi Manzura. — Oyoqlari-im! Qani oyoqlari-im, qani-i??? Vrach bu kabi vaziyatlarga ko'p bor ro'baro' bo'lgan. Bemorlar kesib olingan tana qismini narkozdan uyg'ongach, darrov payqashmasligini bilardi. Shuning uchun Manzuraning jazavaga tushishi uni ham, hamshirani ham xavotirga solmadi. Aksincha ular baravariga Manzuraning yelkasidan mahkam bosib ovuta boshlashdi. — Qizim, o'zingni bos, jon qizim! — deya nuqul Manzuraning peshonasini silardi vrach. — Senga asabiylashish mumkin emas. Qo'y, tinchlan!.. Charchoq yengdimi, yo holsizlik sababmi, Manzura darrov tinchlandi. Boshi aylana boshlaganini his etib, ko'zlarini chirt yumiboldi. Ora-sirada yuragi hapriqqanidanmi, silkinib-silkinib tushdi. Vrach darhol hamshirani imladi. U zudlik bilan Manzuraga tinchlantiruvchi ukol qildi. Ukol kuchli edi. Oradan bir daqiqa vaqt o'tmay, Manzura siltanishni ham bas qildi. Rangi yanada oqarinqirab, uyquga ketdi. Botirning esa ko'zlaridan duv-duv yosh oqar, karavot temirini mushtlab-mushtlab qo'yardi. Ikki ko'zi Manzurada edi. Qarab turardi-da, beixtiyor tishlari g'ijirlab ketardi. Lablari, vujudi titroqda edi. * * * Oradan yana bir kun o'tdi. Botir uyiga ketmadi. Manzuraning tepasida qoldi. O'tiraverdi. Tuz totish ham ko'ngliga sig'madi. Manzura yotgan karavot yoniga kursi qo'yib, o'sha kursida o'tirib tong ottirdi. Ko'zlari yumila boshlaganda, badanini chimdiy-chimdiy g'aflatni nari haydadi… Nihoyat Manzura asta ko'zini ochdi. Botir buni ko'rib turardi. Qo'rqitib yubormaslik uchun ohista o'rnidan qo'zg'aldi-da, Manzuraga yaqin bordi. — Men… Qaydaman? — arang tilga kirib so'radi Manzura. — Ayting, qaerdaman? Nega oyoqlarim yo'q? Qani mening oyoqlarim?.. Botir bu savollarga nima deb javob qilishni bilmay garangsidi. Haqiqatni aytsa, Manzura tag'in yomon bo'lib qoladigandek, ortga tislana-tislana yo'lakka chiqdi va do'xtir chaqirdi. Hash-pash deguncha kechagi vrach hamshirani ergashtirgancha kirib keldi. — O', mening erka qizim uyg'ondimi? — Manzurani erkalatib so'z qotdi vrach. — Xo'sh, yaxshi uxladingmi, chirog'im? Manzura bilinar-bilinmas boshini qimirlatib javob qilgan bo'ldi. — Juda yaxshi. Yana bir hafta yotsang, ko'rmaganday bo'p ketasan. Meni aytdi dersan, otday bo'p ketasan! — Nega aldaysiz, do'xtir? — dedi Manzura nariroqda turgan Botirga ko'z qirini tashlab. — Oyoqlarimni kesib olibsiz-ku! Qanaqasiga oyoqsiz otday bo'p ketaman? — Nima qilaylik? Shunday yo'l tutishga to'g'ri keldi. Ammo senga tan berdim. Juda irodali qiz ekansan. Ko'z tegmasin! — Amaki, — dedi yig'lamsirab Manzura. — Endi hech qachon yura olmaymanmi? Shu ko'yi yotib umrim o'tadimi? — Nega yurmas ekansan? — mayin jilmayib Manzuraning ikki qo'lini kaftlari orasiga oldi vrach. — Senga ajoyib, qulay, yumshoq aravacha olib berishadi. Aravachada xohlagan yeringga bora olasan. Manzura indamadi. Aftidan taqdirga tan bera boshladi. Ko'zlarini yumdi-yu, chuqur xo'rsinib oldi. * * * Oradan o'n besh kun o'tdi. Manzura endi bemalol qaddini ko'tarib o'tira oladigan bo'ldi. Og'riqlar ham birinchi kunlardagidek azoblamay qo'ydi. Faqat tizzalarini bilmay qattiq qimirlatib yuborsa, jizillab og'rirdi. Chamasi, kesilgan yerlari hali to'liq bitmadi. Uch-to'rt qiynalgandan keyin yanada ehtiyotkor bo'lib qoldi… — Nega ketmadingiz? — so'radi shunday kunlarning birida ertalab ko'zini ochgach. — Ozib ketibsiz-ku, Botir! Nega o'zingizni qiynaysiz? Uyingizga borsangiz bo'lmaydimi? Botir tunda deyarli uxlamagandi. Manzuraning tepasida o'tirib tun bo'yi poylab chiqqandi. Yumilib borayotgan ko'zlarini ishqalay-ishqalay, Manzuraning tepasiga yaqinlashdi va ehtiyotkorlik bilan peshonasiga kaftini bosdi. Manzuraqarshilik bildirmagach, qo'lidan tutdi. — Uyga faqat sen bilan ketaman, — dedi u shivirlab. — Qachon senga javob berishsa, men ham o'zimga o'zim javob beraman. — Ahmoqlik qilmang, — Manzura ehtiyotkorona qaddini ko'tarib, orqasiga qo'yilgan yumshoq bolishga suyandi. — Ko'rib turibsiz, men nogiron bo'p qoldim. Xudo oyoqlarimniyam menga ko'p ko'rdi. Boshingizga urasizmi meni? Baribir sizga xotinlik qila olmayman. Qaysar bo'lmang-da, uyingizga boring, hayot quring, qishloqda sizga tegaman degan qizlar to'lib yotibdi. Men sizga munosib emasman. — Kim senga hoziroq uylanaman deyapti? Umuman, bu narsaning yoningda qolishimga nima aloqasi bor? Seni tashlab ketgim kelmadi. Axir, ko'p yillik qadrdonmiz! O'n bir yil bir sinfda o'qiganmiz! — Ayyor, — Manzura beixtiyor o'pkasi to'lib kelsa-da, majburan yutinib yig'ini o'zidan nari haydadi va barmog'ini Botirning labiga bosdi. — Shunaqangi ayyor ekansizki, tan bermay ilojim yo'q. — Ayyorlik qilmasam, senga bas kela olmayman-da, — hazilga hazil bilan javob qaytardi Botir. — Sen dunyoda birinchi raqamli qaysarsan, axir! — Rostdanmi? Shunaqa yomon qaysarmanmi? — Albatta, qaysarniyam o'tib tushganisan. — Unda keting! Baribir sizga xotin bo'lmayman. Sizga munosib emasman. Botir shu tobda bu gapni kutmagandi. Sal ko'ngli yorishgani bir pul bo'ldi. Ko'nglini qaytadan g'ashlik tumani qopladi. — Menga qara, Manzura, — dedi qovoq uyib. — Ilgari raqqosaliging uchun munosib emasman deb kuydirarding. Ko'ngandim. Kutishga ahd qilgandim. Endi bo'lsa, oyoqlaring yo'qligini ro'kach qilyapsan. Nega meni qiynayverasan? Menga rahming kelmaydimi? — Ahvolimni ko'rib turibsiz-ku, — dedi Manzura yig'i aralash. — Yaxshi bor, yomon bor. O'rtoqlaringizning oldida nogironlar aravachasida yetaklab yurasizmi? Ularning oldida sharmanda bo'lasizmi? Tili qisiq bo'lib o'tasizmi? Yo'q, bu xayollarni kallangizdan chiqarib tashlang. — Chiqarmayman. Endiyam chiqarmayman. Qasdma-qasdiga ish tutaman. Sening xohishingga qarab o'tirmayman. Baqirasanmi, hammayog'imni tirmalab tashlaysanmi, melisaga berasanmi, menga farqi yo'q. Seni majburlab tegdiraman o'zimga. Majburlab Zagsga oboraman. Manzura hech narsa demadi. Bir ko'ngli Botirning qat'iyatliligidan mamnun tortdi, unga tan berdi. Bir ko'ngli esa ertangi kunni ko'z oldiga keltirgan sari tushkunlik botqog'iga botaverdi, kelajakda baxtli ayol bo'lishiga ishona qolmadi. Ko'p gapirib yuborgani sabab yana holsizlanib, qaytadan yostiqqa bosh qo'ydi-da, ko'zlarini yumib oldi. * * * … Oradan yana ikki hafta vaqt o'tdi. Murod so'zida turibdi. Pul yig'ib Manzuraning uyini qayta tiklab berdi. Botir ham qarab turmadi. Manzura qancha zorlanib, koyimasin, undan xabar olishni kanda qilmadi. Uyida to'rtta buqani boqib qo'ygandi. Ikkitasini sotib, Murodning qo'liga tutqazdi. Umid qilaverdi. Umidni so'ndirmadi. Ishondi. Harakatlari zoe ketmasligiga, bir kunmas bir kun Manzura yon berishiga qattiq ishonaverdi… — Siz behuda ovora bo'lyapsiz, — dedi Manzura bir kuni. — Baribir sizga tegmayman Umrim minnat eshitish bilan o'tib ketishini xohlamayman. Ana, do'xtirlar aytdi, aravachada xohlagan yerimga bora olarkanman, xohlagan ishimni qilishim mumkin ekan. Ammo sizga tegmayman. Menga erning keragi yo'q. Sizga munosib emasman. Kerak bo'lsa, shu gapni trilyon marta takrorlayman. Ammo sizga tegmayman!.. — Hali shunaqami? — Botir toqati toq bo'lib zarda aralash o'rnidan turib ketdi. — Menga munosib emassan-a, shundaymi? — Yo'q, siz menga munosib emassiz, — Botirga sovuq boqib javob qaytardi Manzura. — Men nogiron, notavonman, siz esa sog'lom, to'rt muchangiz salomat. O'zingizga mosini toping. Meni tinch qo'ying!.. — Yaxshi-i, — dedi Botir negadir ketishga taraddudlanib. — Demak, shuncha harakat qilganlarim bir pul bo'pti. Baribir qalbingdan joy ololmabman. Senga munosib bo'la olmabman! Yaxshi-i… Botir alanglab nimanidir qidirgan bo'ldi-da, kutilmaganda, Manzuraning tepasiga keldi. — Kut, albatta kut! Senga munosib bo'lib kelishimni kut!.. Shunday dedi-yu, yugurgancha tashqariga o'zini urdi. * * * Shu kecha Manzuraning uyqusi buzildi. Tushida allambalo mahluqlar ortidan rosa quvlaganmish. Oyoqlari joyida emish-u, qocharmish. Baribir mahluqlardan qochib qutula olmabdi. Ular Manzurani o'rib olibdi-da, baravar tashlanibdi… Tushi shu yerga yetganda, seskanib ko'zini ochdi. Allaqachon tong yorishib ketgan ekan. Sanitarkalar palatani supur-sidir qilishayotgan ekan. — Opa, mabodo palatamga bir yigit kelmadimi? — so'radi sanitarkalarning biridan. — Palatada menga qarab o'tirardi-ku, o'sha yigit! — Yo'-o'q, — javob qildi sanitarka Manzuraga ayanchli boqib. — Ko'rinmovdi bugun. Tinchlikmi? Biror yordam kerak bo'lsa, bizga aytavering, yordam beramiz, singil! — Yo'-o'q, shunchaki… Ko'rinmay qolganiga… Manzura ko'ngli g'ashlanib, ichidan zil keta boshladi. Botirning qaysarligini ko'z oldiga keltirgani sayin o'zini bir balo qilib qo'yishidan cho'chiyverdi. Xayolan bo'lsa-da, Yaratgandan Botirga insof so'radi… Kunlarni shu taxlit kechira boshladi. Uch kun o'tib ham Botir ko'rinish bermagach, hiyla tinchlangandek bo'ldi. Ko'ngli g'ashlanmay ham qo'ydi. Tushunib yetganiga, endi qaytib unga og'iz solmasligiga umid bog'ladi… Bilmaydi. Adashmasa, yana besh kuncha o'tgandi. Mana-mana, unga javob tegishi, qadrdon uyiga ketishi kutilayotgandi. Ertalab hamshira kerakli ukollarni qilib chiqib ketgach, endi pinakka ketgandi. Palata eshigi sharaqlab ochildi. Shu qadar qattiq sharaqladiki, Manzura yotgan yerida sakrab ketdi. Ilgari hech qachon eshik bu taxlit sharaqlab ochilmasdi. Kirib kelayotgan odam uni avaylab ochardi-da, shunday ehtiyotkorlik bilan yopib qo'yardi. Manzura qaddini ko'tarib eshik tomon qaradi-yu, qotib qoldi. Qarshisida yangi aravachada Botir o'tirar, tizzalariga qip-qizil adyol tashlab qo'yilgandi. Manzura o'zi tomonga qaragani hamono Botir aravachani karavotga yaiqnlashtirdi-da, tizzalariga yopilgan adyolni ko'tardi va gavdasini orqaga tashlab yubordi. Manzura ko'rdiki, Botirning bo'yin, yuz qismlarini yaralar qoplagan,ikkala oyog'ining ham tizzadan past qismi kesib tashlangandi. Davomi bor
Kutubxona
Olamsex.su Узбекское порно 2020
Uzvideos.ru УзбексКИЙ СЕКС
Sexuzbeks.ru - Только УзбексКИЙ СЕКС